«Sudlar to'g'risida»gi qonun

73-modda. Sudyani boshqa sudyalik lavozimiga o'tkazish tartibi

Sudya vakolatlari muddati davrida o'zining roziligi bilan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan boshqa sudyalik lavozimiga o'tkazilishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi sudyasi, Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudi raisi, rais o'rinbosari, sudyasi vakolat muddati davrida o'zining roziligi bilan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi taqdimnomasiga binoan Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi tomonidan boshqa sudyalik lavozimiga o'tkazilishi mumkin. Bir sudning o'zida sudyalik lavozimida bo'lish muddati, qoida tariqasida, ikki yildan kam bo'lmasligi kerak. Sudyani boshqa sudyalik lavozimiga o'tkazish to'g'risidagi masala Sudyalar oliy malaka hay'ati xulosasiga binoan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashiga ko'rib chiqish uchun kiritiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.