Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali ta'minlanadi:
ularni qonunda belgilangan tartibda lavozimga saylash, tayinlash, sudyalik vakolatlarini to'xtatib turish va tugatish;
sudyaning daxlsizligi;
odil sudlovni amalga oshirishdagi qat'iy tartib-taomil;
qarorlarni chiqarish chog'ida sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
sudyaga hurmatsizlik qilganlik, odil sudlovni amalga oshirish bo'yicha faoliyatga aralashganlik va sudyaning daxlsizligini buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlik;
sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta'minot berish.
Sudyaning mustaqilligini cheklaydigan qonunchilik hujjatlari qabul qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Sudya, uning oila a'zolari va ularning mol-mulki davlatning alohida himoyasida bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
63-modda. Sudyalarning mustaqilligini ta'minlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.