Sudya quyidagi huquqlarga ega:
mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan o'z farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;
mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan axborotni olish;
odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan bepul asosda olish hamda shaxsga doir ma'lumotlar mavjud axborot tizimlaridan foydalanish, shu jumladan masofadan turib foydalanish;
davlat organlarining, shuningdek boshqa tashkilotlarning axborot tizimlaridan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan shaxsga doir ma'lumotlarni fuqarolarning yozma roziligisiz bepul asosda olish;
sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirishda va ular faoliyatida ishtirok etish;
uyushmalarga birlashish.
Sudya qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin.
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyaning odil sudlovni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan talablari hamda farmoyishlarini so'zsiz bajarishi shart. Sudyaning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sudlar to'g'risida»gi qonun
61-modda. Sudyaning huquqlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.