«Sudlar to'g'risida»gi qonun

53-modda. Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisining o'rinbosari

Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisining o'rinbosari: sudlov hay'ati ishini tashkil etadi; sudlov hay'ati majlislarida raislik qiladi; sud rayosatiga sudlov hay'atining faoliyati to'g'risida ma'ruzalar taqdim etadi; jismoniy shaxslarni, yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi; sud raisi yo'qligida uning vakolatlarini amalga oshiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisining o'rinbosari qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudi, viloyat, Toshkent shahar ma'muriy sudi raisining o'rinbosari yo'qligida uning vakolatlari O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan tegishli sud sudyalaridan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.