«Sudlar to'g'risida»gi qonun

18-modda. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari

(18-модда учинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 14 августдаги ЎРҚ-943-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.08.2024 й., 03/24/943/0616-сон)

O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi: o'z vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instantsiya, apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish instantsiyasi sudi sifatida, shuningdek yangi ochilgan holatlar bo'yicha ko'rib chiqadi; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb masalalarini ko'rib chiqadi va qonunchilikning qo'llanilishi yuzasidan tushuntirishlar beradi; harbiy sudlarning, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpog'iston Respublikasi ma'muriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar ma'muriy sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining tashkiliy faoliyatini o'rganadi; O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi; sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha ishlarni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.