«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

37-modda. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza

(37-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 17 майдаги ЎРҚ-770-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.05.2022 й., 03/22/770/0424-сон)

Tekshiruvdan o'tkazilayotgan shaxsning klinik-funktsional, ijtimoiy, kasbiy-mehnat va psixologik ma'lumotlarini kompleks baholash asosida uning sog'lig'i yo'qolganligi darajasini hamda organizmining funktsiyalari turg'un buzilganligi sababli hayot faoliyati cheklanganligi darajasini, nogironlik guruhini, nogironlikning boshlanishi sababi hamda vaqtini aniqlash, shuningdek shaxs uchun sog'lig'ining holatiga ko'ra mumkin bo'lgan mehnat faoliyati turlari va zarur mehnat sharoitlari, o'zgalarning parvarishiga, sanatoriy-kurortda davolanishning tegishli turlariga hamda ijtimoiy himoyaga bo'lgan ehtiyoji to'g'risida tavsiyalar berish tibbiy-ijtimoiy ekspertizadir. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizani tashkil qilish va o'tkazish tartibi qonunchilikda belgilab qo'yiladi. Tibbiy-ijtimoiy ekspertizani o'tkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning o'zi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.