«Fuqarolar sog'lig'ini saqlash to'g'risida»gi qonun

20-modda. Harbiy xizmatchilar, harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan hamda harbiy xizmatga kontrakt bo'yicha kiradigan fuqarolarning huquqlari

Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanliklarini aniqlash uchun tibbiy tekshiruvdan o'tish hamda harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida harbiy xizmatdan muddatidan ilgari bo'shatilish huquqiga ega. Harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan yoki harbiy xizmatga kontrakt bo'yicha kiradigan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o'tadi hamda sog'lig'iga ko'ra harbiy xizmatga chaqiruvni kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod etilish huquqini beradigan tibbiy ma'lumotlar to'g'risida to'liq axborot olish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.