Quyidagi organlar soliqlarni to'lash muddatlarini o'zgartirish to'g'risida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega organlardir (bundan buyon ushbu moddada vakolatli organlar deb yuritiladi):
1) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 1 — 5-bandlarida ko'rsatilgan soliqlar bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi (bundan ushbu qismning 3-bandida va ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno). O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi ushbu Kodeksning 17-moddasida ko'rsatilgan soliqlarni, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda mol-mulkni garovga bermagan holda, kafilliksiz yoki bank kafolatisiz bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini taqdim etishga (bundan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, ijtimoiy soliq, to'lov manbaida olinadigan foyda solig'i hamda soliq agenti sifatida to'lanadigan qo'shilgan qiymat solig'i mustasno) ham haqli;
2) ushbu Kodeks 17-moddasi birinchi qismining 6 — 8-bandlarida ko'rsatilgan soliqlar va aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha — O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari. Bunday soliqlarga nisbatan to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyati ikki yilgacha muddatga berilishi mumkin;
3) O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o'tilishi munosabati bilan to'lanishi lozim bo'lgan soliqlar bo'yicha — bojxona to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda bojxona organlari (bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno).
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi soliq to'lovchiga ushbu Kodeksning 17-moddasida ko'rsatilgan har qanday soliq bo'yicha kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini uch yilgacha muddatga berishga haqli. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini berishda ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida belgilangan cheklovlardan chetga chiqishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn99-modda. Soliqlarni to'lash muddatlarini o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qilishga vakolatli organlar
(99-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 октябрдаги ЎРҚ-722-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.10.2021 й., 03/21/722/0960-сон)
Oddiy tilda
SOLIQLARNI TO'LASH MUDDATLARINI O'ZGARTIRISH
Nimani anglatadi
Bu modda soliq to'lovchilar uchun soliqlarni to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini kim berishi mumkinligini belgilaydi. Davlat soliq qo'mitasi, mahalliy hokimiyat va bojxona organlari o'z vakolatiga ko'ra turli soliqlar bo'yicha muddatni uzaytirish yoki to'lovni qismlarga bo'lish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin.
Kimga tegishli
Bu huquq soliq to'lovchilar, xususan jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli.
Amalda
Kichik biznes egasi soliq to'lovini to'lashda qiynalsa, Davlat soliq qo'mitasiga murojaat qilib, to'lovni 12 oyga bo'lib-bo'lib to'lash imkoniyatini so'rashi mumkin. Vazirlar Mahkamasi esa maxsus holatda uch yilgacha muddatga kechiktirish berish huquqiga ega.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.