Soliq kodeksi

90-modda. Soliqlarni o'tkazishga doir to'lov topshiriqnomalarining banklar tomonidan bajarilishi

(90-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 11 мартдаги ЎРҚ-758-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.03.2022 й., 03/22/758/0207-сон)

Banklar soliq to'lovchining pul mablag'lari hisobidan soliqni byudjet tizimiga o'tkazishga doir to'lov topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq to'lovchining topshiriqnomasi deb yuritiladi), shuningdek soliq organining soliqni byudjet tizimiga o'tkazishga doir inkasso topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq organining inkasso topshiriqnomasi deb yuritiladi) bajarishi shart. Soliq to'lovchining topshiriqnomalari va soliq organining inkasso topshiriqnomalari fuqarolik qonunchiligida belgilangan navbat bo'yicha bajarilishi lozim. Soliq to'lovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi bunday topshiriqnoma olingan kundan keyingi bir operatsiya kuni ichida bank tomonidan bajariladi. Soliq to'lovchining hisobvarag'ida pul mablag'lari mavjud bo'lgan va to'lov hujjatida rekvizitlari to'g'ri ko'rsatilgan taqdirda bank soliq to'lovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarishni kechiktirishga haqli emas. Soliq to'lovchining hisobvarag'ida pul mablag'larining yo'qligi (yetarli emasligi) sababli soliq organining inkasso topshiriqnomasini belgilangan muddatda bajarishning imkoni bo'lmaganda, bank belgilangan muddat tugaganidan keyingi kundan kechiktirmay inkasso topshiriqnomasini yuborgan soliq organiga uning topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) to'g'risida xabar qilishi shart. Soliq to'lovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) to'g'risidagi bank xabarnomasining shakli va uni elektron shaklda uzatish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun banklar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi. Javobgarlik choralarining qo'llanilishi bankni soliq to'lovchining topshiriqnomasini yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi. Banklar soliq to'lovchilarning topshiriqnomalarini va soliq organlarining inkasso topshiriqnomalarini ko'rsatilgan operatsiyalar bo'yicha xizmat ko'rsatilganligi uchun haq undirmasdan bajaradi. Soliq to'lovchilarga yoki soliq agentlariga ortiqcha to'langan (undirilgan) soliqlar, penyalar va jarimalar summalarini qaytarish bo'yicha banklar tomonidan topshiriqnomalar bajarilganda ko'rsatilgan operatsiyalar bo'yicha xizmat ko'rsatilganligi uchun ham haq undirilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.