Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi — to'rtinchi qismlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, quyidagi hollarda tugatiladi:
soliq to'lovchi tomonidan soliq to'langanda yoki soliq agenti tomonidan o'tkazib berilganda;
soliq to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq soliq majburiyatini tugatish bilan bog'liq boshqa holatlar yuzaga kelganda.
Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
mazkur shaxs vafot etganda;
uni vafot etgan deb e'lon qilish to'g'risidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda.
Vafot etgan yoki vafot etgan deb e'lon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu Kodeksning 94-moddasida belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida merosxo'rlardan undiriladi.
Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi:
ushbu Kodeksning 91-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda;
ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq, byudjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi
(87-модда биринчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.