Soliq kodeksi

81-modda. Soliq hisobotini shakllantirish va tuzish

(81-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Soliq to'lovchining har bir soliq turi yoki to'langan daromadlar bo'yicha hisob-kitoblarni va soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga hamda soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o'z ichiga oladigan, soliq to'lovchilarning va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladigan hujjatlari soliq hisobotidir. Soliq hisoboti O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakllarda tuziladi. Soliq hisoboti soliq organlariga shaxs faqat soliq to'lovchi deb e'tirof etiladigan soliqlar bo'yicha taqdim etiladi. Soliq hisobotida ko'rsatilgan ma'lumotlarning to'g'riligi uchun javobgarlik soliq to'lovchining yoki soliq agentining zimmasiga yuklanadi. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, ijtimoiy soliq, qo'shilgan qiymat solig'i va aylanmadan olinadigan soliq hisobotlari soliq organlarining axborot tizimida mavjud bo'lgan hamda soliq to'lovchi (soliq agenti) tomonidan shaxsiy kabinetdagi interaktiv xizmatga kiritilgan ma'lumotlar asosida soliq organlari tomonidan elektron shaklda shakllantiriladi. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobot ma'lumotlari soliq to'lovchining (soliq agentining) hisob hujjatlaridan farq qilganda, soliq to'lovchi (soliq agenti) mazkur hisobotga besh kun ichida, biroq tegishli hisobotni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan tuzatish kiritadi va uni taqdim etadi. Soliq organlari tomonidan shakllantirilgan soliq hisobotiga ushbu moddaning oltinchi qismida ko'rsatilgan muddatda tuzatishlar kiritilmaganligi soliq to'lovchining (soliq agentining) soliq organlari tomonidan shakllantirilgan hisobotga rozi ekanligini bildiradi va soliq organlari tomonidan shakllantirilgan holda taqdim etilgan deb hisoblanadi. Soliq organlari tomonidan shakllantiriladigan hisobotni tuzish, unga tuzatish kiritish va uni taqdim etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.