Soliq kodeksi

55-modda. Soliq qarzi

(55-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 16 июндаги ЎРҚ-1069-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.06.2025 й., 03/25/1069/0510-сон)

Ushbu Kodeks maqsadida hisoblab chiqarilgan (hisoblangan) va belgilangan muddatlarda to'lanmagan soliqlarning, shu jumladan ular bo'yicha bo'nak va joriy to'lovlarning summalari, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan muddatda to'lanmagan moliyaviy sanktsiyalar va penyalar soliq qarzi deb e'tirof etiladi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Majburiyatlar reyestri ma'lumotlarini vaqtincha saqlash yagona elektron bazasiga (bundan buyon matnda Majburiyatlar reyestri deb yuritiladi) kiritilgan ijro hujjatlari bo'yicha soliq qarzining hisobi alohida yuritiladi. Soliq to'lovchining yoki soliq agentining soliq qarzi barcha soliqlar bo'yicha ham, ularning har biri bo'yicha alohida-alohida ham aniqlanishi mumkin. Soliq qarzini to'lash, shu jumladan uni soliq organlari tomonidan undirish chog'ida to'lash quyidagi tartibdagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi: 1) soliqlar summasi; 2) hisoblangan penyalar; 3) jarimalar.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.