Soliq kodeksi

5-modda. Soliq to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarni hisoblash tartibi

(5-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Soliq to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan muddatlar, ro'y berishi kerak bo'lgan voqea yoki sodir qilinishi kerak bo'lgan harakatni ko'rsatgan holda kalendar sana bilan yoki vaqtning yillar, choraklar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan o'tish davri bilan aniqlanadi. Kalendar sanadan yoki ro'y berishi kerak bo'lgan voqeadan keyingi kun soliq to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan muddatni hisoblash boshlanadigan kun deb hisoblanadi. Yillar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi. Bunda ketma-ket keladigan o'n ikki oydan iborat har qanday vaqt davri yil deb e'tirof etiladi, bundan kalendar yil mustasno. Choraklar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Bunda chorak uch kalendar oyga teng deb hisoblanadi, choraklar hisobi esa kalendar yil boshidan yuritiladi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat muddatning oxirgi oyining tegishli sanasida tugaydi. Agar muddatning tamom bo'lishi tegishli sana mavjud bo'lmagan oyga to'g'ri kelsa, muddat mazkur oyning oxirgi kunida tugaydi. Kunlar bilan hisoblanadigan muddat, agar bu muddat kalendar kunlar bilan belgilanmagan bo'lsa, ish kunlari bilan hisoblanadi. Bunda qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni bo'lmagan bayram kuni deb e'tirof etilmaydigan kun ish kuni deb hisoblanadi. Agar muddatning oxirgi kuni qonunchilikka muvofiq dam olish va (yoki) ish kuni bo'lmagan kun deb e'tirof etiladigan kunga to'g'ri kelsa, dam olish kunidan va (yoki) ish kuni bo'lmagan kundan keyingi ish kuni muddatning tamom bo'lish kuni deb hisoblanadi. Amalga oshirilishi uchun muddat belgilangan harakat muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar bajarilishi mumkin. Agar hujjatlar yoxud pul mablag'lari aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kuni soat 24 ga qadar topshirilgan bo'lsa, muddat o'tkazib yuborilmagan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.