Soliq kodeksi

480⁴-modda. Islomiy moliya operatsiyalariga qo'shilgan qiymat solig'i solish

Quyidagilar qo'shilgan qiymat solig'i solishdan ozod qilinadi: 1) islomiy qimmatli qog'ozlar (sertifikatlar) bilan bog'liq operatsiyalar. Islomiy qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalar jumlasiga qimmatli qog'ozlarni saqlash, qimmatli qog'ozlarga bo'lgan huquqni hisobga olish, qimmatli qog'ozlarni o'tkazish hamda ularning reyestrini yuritish, qimmatli qog'ozlar savdosini tashkil etish bo'yicha operatsiyalar kiradi, bundan ularni tayyorlash bo'yicha xizmatlar mustasno; 2) islomiy moliya faoliyati doirasida ishonchli boshqaruv (vositachilik) shartnomalari asosida bank va mikromoliya tashkiloti tomonidan ishonchli boshqaruvning muassisiga (komitentga) pulli asosda ko'rsatilgan xizmatlar; 3) islomiy moliya faoliyati doirasida mol-mulkni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berishda ushbu mol-mulkni moliyaviy ijaraga (islomiy ijaraga) berish bo'yicha barcha ijara to'lovlari summasi va sotib olish narxi o'rtasidagi ijobiy farq; 4) banklar va mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliya faoliyati doirasida tuziladigan shartnomalar bo'yicha mijozga (xaridorga) realizatsiya qilinadigan tovarlarga qo'yiladigan ustama.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.