Soliq kodeksi

480²-modda. O'zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalarini qo'llashning o'ziga xos xususiyatlari

(71¹-боб Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 14 сентябрдаги ЎРҚ-714-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.09.2021 й., 03/21/714/0874-сон — 2021 йил 1 январдан эътиборан юзага келган муносабатларга нисбатан ҳам татбиқ этилади)

O'zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: 1) foyda solig'i bo'yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O'zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq organida hisobda turgan va ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatdan daromadlar olayotgan soliq to'lovchilarga nisbatan qo'llaniladi; 2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O'zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirish chog'ida qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan soliq to'lovchilar uchun qat'iy belgilangan miqdorlardagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i har chorakda yigirma besh ming so'm miqdorida to'lanadi; 3) ijtimoiy soliq bo'yicha: yuridik shaxslar uchun (bundan byudjet tashkilotlari mustasno) — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi O'zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to'lash fondiga nisbatan qo'llaniladi; O'zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida; 4) aylanmadan olinadigan soliq bo'yicha — 1 foiz. Mazkur soliq stavkasi soliq to'lovchilarga nisbatan ular tushumining O'zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida amalga oshirilayotgan faoliyatidan olinadigan qismiga nisbatan qo'llaniladi. O'zbekiston Respublikasining alohida hududlarida joylashgan ko'chmas mulk ob'yektlariga va yer uchastkalariga, shuningdek ushbu hududlarda foydalaniladigan suv resurslariga nisbatan mazkur Kodeksning 415, 422, 429, 437 va 445-moddalarida belgilangan mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.