Advokatlar tomonidan yuridik yordam ko'rsatganlik uchun olinadigan gonorarlar summalariga ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlar hisobga olingan holda, mazkur Kodeksning XIII bo'limida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solinadi.
Advokatning daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i solish ob'yektidir.
Advokatning daromadi advokat tomonidan yuridik yordam ko'rsatilganligi uchun olingan summa bilan advokatlar hay'atlarini, advokatlik firmalarini va advokatlik byurolarini saqlab turish uchun o'tkaziladigan mablag'lar summasi o'rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy to'lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
478-modda. Advokatlar daromadlariga soliq solish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.