Chet ellik investor, bundan mahsulot taqsimotiga oid bitimlar to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno, mahsulot taqsimotiga oid bitimning amal qilish muddati mobaynida ushbu Kodeksning 17-moddasida nazarda tutilgan soliqlarni to'laydi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan soliqlar, agar mahsulot taqsimotiga oid bitimda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining rezidentlari uchun belgilangan stavkalar bo'yicha undiriladi.
Chet ellik investorga soliq solish quyidagi o'ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi:
1) foyda solig'i mahsulot taqsimotiga oid bitim bo'yicha ishlarni bajarish chog'ida olingan daromad bo'yicha va faoliyatning boshqa turlari bo'yicha olingan daromad bo'yicha alohida-alohida to'lanadi. Bitim shartlariga binoan chet ellik investorga tegishli bo'lgan, chegirmalar qilinmagan holda foydaga qolgan mahsulotning qiymati mahsulot taqsimotiga oid bitim bo'yicha ishlarni bajarish chog'ida olingan daromadlar bo'yicha foyda solig'i solish ob'yektidir;
2) mineral xom ashyoni kavlab olish hajmiga yoki ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatiga nisbatan foizli nisbatda mahsulot taqsimotiga oid bitim shartlariga muvofiq belgilanadigan va pul shaklida yoki kavlab olingan mineral xom ashyoning bir qismi tarzida to'lanadigan yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq.
Agar yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmagan yuridik shaxslar birlashmasi investor sifatida ish yuritayotgan bo'lsa, bunday birlashmaning ishtirokchilaridan biri yoki mahsulot taqsimotiga oid bitim bo'yicha ishlarni bajaruvchi operator soliq majburiyatlarini bajaruvchi bo'ladi. Bunda yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beruvchi ruxsatnoma olgan investor bir oylik muddatda soliq organini mazkur birlashmadan soliq majburiyatini bajaruvchi bo'lib ish yuritadigan ishtirokchi to'g'risida xabardor etishi shart.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
476-modda. Mahsulot taqsimotiga oid bitim doirasida amalga oshiriladigan faoliyatga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari
(476-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 октябрдаги ЎРҚ-721-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.10.2021 й., 03/21/721/0952-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.