Hisobot soliq davrida soliq bazasini ko'paytirish yoki kamaytirish daromadlarga tuzatish kiritish deb e'tirof etiladi.
Daromadlarga quyidagi hollarda tuzatish kiritiladi:
1) tovarlar to'liq yoki qisman qaytarilganda;
2) bitim shartlari o'zgarganda;
3) narxlar o'zgarganda, sotib oluvchi siylovlardan foydalanganda;
4) ko'rsatilgan xizmatlardan voz kechilganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan daromadlarga tuzatish kiritish bir yillik muddat doirasida, kafolat muddati belgilangan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha esa kafolat muddati doirasida amalga oshiriladi.
Ushbu moddaga muvofiq daromadlarga tuzatish kiritish ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan hollar yuz berganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Bunda tovarni (xizmatlarni) sotuvchi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadga tuzatish kiritishni ushbu Kodeksning 257-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiradi.
Daromadlarga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tuzatish kiritish ko'rsatilgan hollar yuz bergan soliq davrida amalga oshiriladi.
Daromadlarga tuzatish kiritish soliq to'lovchi umumbelgilangan soliq solish tartibidan aylanmadan olinadigan soliqni to'lashga o'tgan hollarda ham amalga oshiriladi, bundan tuzatish kiritiladigan daromadlar bo'yicha imtiyozlarni qo'llash hollari mustasno.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
466-modda. Daromadlarga tuzatish kiritish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.