Soliq kodeksi

464-modda. Soliq bazasi

(Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-1014-сонли Қонунига асосан 464-модда биринчи қисми 6-бандининг чиқарилиш санаси 2025 йил 1 январь — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2024 й., 03/24/1014/1067-сон)

Ushbu Kodeksning 463-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan jami daromad soliq bazasi deb e'tirof etiladi, bundan quyidagilar mustasno: 1) O'zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va boshqa davlat qimmatli qog'ozlari bo'yicha daromadlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi rezidentlari bo'lgan yuridik shaxslarning xalqaro obligatsiyalari bo'yicha daromadlar; 2) soliq agentida soliq solinishi lozim bo'lgan dividendlar; 3) qaytariladigan ko'p marta aylanadigan tara qiymati, agar uning qiymati ilgari tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan olinadigan daromadga kiritilgan bo'lsa; 4) amortizatsiya qilinadigan aktivlarni tugatishda ularni qo'shimcha baholashda olingan, oldingi narxni tushirishlardagi summadan ortiqcha summa hisobidan olingan daromadlar; 5) hisobot yilida aniqlangan o'tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular shakllangan davrdagi qonunchilikka muvofiq soliqlar bo'yicha qayta hisob-kitob o'tkazilganligi inobatga olingan holda soliq solinadi. Soliq solinadigan baza ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chegirmalardan tashqari quyidagilar uchun kamaytiriladi: 1) brokerlik tashkilotlari uchun — bitim summasidan birjaga o'tkaziladigan vositachilik yig'imi summasiga; 2) komissiya shartnomasi bo'yicha vositachilik xizmatlarini ko'rsatuvchi yuridik shaxslar uchun — tovarlarni import qilishda to'langan bojxona to'lovlari summasiga realizatsiya qilingan tovar ulushida; 3) turizm faoliyati sub'yektlari uchun — turistik xizmatlarni onlayn bronlashtirish va sotish uchun yaratilgan dasturiy mahsulotlarni hamda axborot tizimlarini joriy etishga yo'naltirilgan mablag'lar summasiga. 4) tadbirkorlik sub'yektlari uchun — tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarining 0,5 foizidan oshmagan miqdorda o'z xodimlariga va ularning yaqin qarindoshlariga ommaviy-madaniy hamda kontsert-tomosha tadbirlariga borishi uchun chiptalar xarid qilishga doir xarajatlar summasiga;
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

SOLIQ BAZASI Nimani anglatadi Soliq bazasi — bu kompaniyaning yil davomida ishlash natijasida olingan umumiy daromaddan ma'lum narsalarni ayirib tashlashdan keyin qolgan pul miqdoridir. Bu daromaddan davlat obligatsiyalari, dividendlar va boshqa ma'lum narsalarni ayirish kerak. Shundan keyin qolgan summa ustiga soliq hisoblanadi. Kimga tegishli Bu qoida barcha tadbirkorlik sub'yektlari, brokerlik tashkilotlari, turizm kompaniyalari va boshqa yuridik shaxslarga tegishli. Amalda Agar savdo kompaniyasi yil davomida 100 million so'm daromad olsa, lekin davlat obligatsiyalaridan 10 million so'm olgan bo'lsa, soliq bazasi 90 million so'mdan hisoblanadi. Shuningdek, xodimlar uchun kontsert chiptalariga sarflagan pul ham ayiriladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.