Soliq to'lovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning 454⁴-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi bo'yicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi.
Soliq hisoboti soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq to'lovchi tomonidan har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
renta zarari mavjud bo'lgan davrda — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay;
soliq bazasi mavjud bo'lgan davrda — har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
Soliqni to'lash har chorakda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
454⁷-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni to'lash tartibi
(XVIII¹ бўлим Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-741-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2021 й., 03/21/741/1219-сон — Ушбу бўлимнинг қоидалари металларни ва углеводород хом ашёсини қазиб олиш 2022 йил 1 январдан кейин бошланадиган лицензия олинган ер участкаларига нисбатан қўлланилади.)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.