Yer usti va yer osti manbalaridan olib foydalaniladigan suv resurslari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (bundan buyon ushbu bo'limda soliq deb yuritiladi) solish ob'yektidir.
Quyidagilar soliq solish ob'yekti bo'lmaydi:
1) notijorat tashkilotlar tomonidan notijorat faoliyatni amalga oshirish doirasida foydalaniladigan suv resurslari;
2) sog'liqni saqlash muassasalari tomonidan davolash maqsadida foydalaniladigan yer osti mineral suvlari, bundan savdo tarmog'ida realizatsiya qilish uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
3) atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatishining oldini olish maqsadida chiqarib olingan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
4) shaxtadan suvlarni qochirish uchun, foydali qazilmalarni qazib olish paytida chiqarib olingan va qatlamdagi bosimni saqlab turish uchun yer qa'riga qayta quyiladigan yer osti suvlari, bundan ishlab chiqarish va texnik ehtiyojlar uchun foydalanilgan suv hajmi mustasno;
5) gidroelektrostantsiyalar gidravlik turbinalarining harakati uchun foydalaniladigan suv resurslari;
6) issiqlik elektr stantsiyalari va issiqlik elektr markazlari tomonidan qayta quyiladigan suv resurslari;
7) qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan sho'rlangan yerlarni yuvish uchun foydalaniladigan, suvdan foydalanish va suv iste'moli sohasidagi vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan sho'rlarni yuvish normalari doirasidagi suv resurslari;
8) kollektor va drenaj tarmoqlaridan ishlatiladigan suv resurslari.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
442-modda. Soliq solish ob'yekti
(442-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-659-сонли Қонунига асосан 8-банд билан тўлдирилган — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 31.12.2020 й., 03/20/659/1681-сон — 2021 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.