Soliq kodeksi

440-modda. Soliq to'lash tartibi

Yil davomida ajratilgan yer uchastkalari uchun soliq yer uchastkasi ajratilgan oydan keyingi oydan e'tiboran jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadi. Yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan taqdirda, soliqni to'lash yer uchastkasi kamaytirilgan oydan e'tiboran tugatiladi (kamaytiriladi). Soliq bo'yicha imtiyozlar belgilangan taqdirda, bu soliq imtiyozga bo'lgan huquq yuzaga kelgan oydan e'tiboran to'lanmaydi. Soliq bo'yicha imtiyozlarga bo'lgan huquq tugatilgan taqdirda, bu soliq mazkur huquq tugatilgan oydan keyingi oydan e'tiboran to'lana boshlaydi. Soliq davri uchun soliqni to'lash jismoniy shaxslar tomonidan 15 aprel va 15 oktyabrga qadar teng ulushlarda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.