Soliq kodeksi

439-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi

(439-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 декабрдаги ЎРҚ-891-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.12.2023 й., 03/23/891/0989-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)

Soliqni hisoblab chiqarish yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlari tomonidan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organning ma'lumotlari asosida, jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo'jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar bo'yicha esa qishloq xo'jaligi ekinzorlarining normativ qiymatini aniqlovchi organning ma'lumotlariga asosan, ushbu Kodeks 435-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan tartibga muvofiq amalga oshiriladi. Soliq organlari har yili 1 martdan kechiktirmay soliq summasi va uni to'lash muddatlari ko'rsatilgan to'lov xabarnomasini jismoniy shaxslarga imzo qo'ydirib yoki mavjud bo'lgan taqdirda, soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda, soliq to'lovchining nomiga rasmiylashtirilgan uyali telefon raqamiga va soliq organlarining maxsus mobil ilovasiga SMS-xabarnoma tarzida, shuningdek to'lov xabarnomasi olinganligi faktini va olingan sanani tasdiqlovchi boshqa usulda topshiradi. Yil mobaynida yer uchastkasi maydoni o'zgarganda va imtiyozlarga bo'lgan huquq yuzaga kelganda (tugatilganda) soliq organlari mazkur o'zgarishlardan keyin bir oy ichida soliqni qayta hisob-kitob qilishi hamda soliq to'lovchiga soliq summasi va uni to'lash muddatlari ko'rsatilgan yangi yoki qo'shimcha to'lov xabarnomasini taqdim etishi kerak. Ko'p kvartirali uylarda joylashgan turar joy bo'lmagan ko'chmas mulk ob'yektlari bilan band bo'lgan yer uchastkalari bo'yicha soliq turar joy bo'lmagan ko'chmas mulk ob'yektining qavatlar soniga bo'lingan maydonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.