Soliq kodeksi

437-modda. Soliq stavkalari

(437-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 апрелдаги ЎРҚ-1128-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.04.2026 й., 03/26/1128/0349-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 14 июль)

Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o'lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xo'jaligini yuritish uchun, shuningdek jismoniy shaxslarga berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari mustasno): Respublika hududlari1 kv. m uchun bazaviy soliq stavkasi (so'mda)Toshkent shahri:1 zona2 zona3 zona4 zona5 zona1 8561 5741 2901 014725Qoraqalpog'iston Respublikasi377Andijon viloyati463Buxoro viloyati377Jizzax viloyati377Qashqadaryo viloyati377Navoiy viloyati377Namangan viloyati463Samarqand viloyati463Surxondaryo viloyati353Sirdaryo viloyati297Toshkent viloyati392Farg'ona viloyati392Xorazm viloyati377 Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi: Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo'lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo'llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi; tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo'lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko'cha kesimida kiritadi. Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10 yanvarga qadar taqdim etiladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga nisbatan 0,5 dan 1,2 gacha bo'lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlar qo'llashga haqli. Issiqxona xo'jaliklari egallagan yerlar uchun soliq qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarga nisbatan belgilangan stavkalarda to'lanadi. Bunda mazkur yer uchastkalarining normativ qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi. Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo'jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo'jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xo'jaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarga ega bo'lgan dehqon xo'jaliklariga va jismoniy shaxslarga nisbatan ushbu Kodeks 429-moddasining o'n uchinchi va o'n to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi. Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo'lgan, yashash uchun mo'ljallanmagan ko'chmas mulk ob'yektlari egallagan yer uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo'yicha undiriladi hamda ushbu Kodeksning 436-moddasida ko'rsatilgan imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo'yicha to'lanadi. Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to'lanadi. Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko'rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi. Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.