Qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallanmagan yerlar uchun bazaviy soliq stavkalari respublika hududlari kesimida 1 gektar uchun mutlaq o'lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Respublika hududlari1 gektar uchun bazaviy soliq stavkasi (mln so'mda)Toshkent shahri:1 zona2 zona3 zona4 zona5 zona319,0254,2196,6130,665,9Qoraqalpog'iston Respublikasi41,2Andijon viloyati51,8Buxoro viloyati42,4Jizzax viloyati42,4Qashqadaryo viloyati42,4Navoiy viloyati42,4Namangan viloyati51,8Samarqand viloyati51,8Surxondaryo viloyati37,7Sirdaryo viloyati31,8Toshkent viloyati43,5Farg'ona viloyati43,5Xorazm viloyati42,4
Qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallanmagan yerlar uchun soliq stavkalarining aniq miqdori quyidagi tartibda aniqlanadi:
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo'lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo'llagan holda, ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida, ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari, ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq stavkalariga, Toshkent shahri uchun esa — ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo'lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko'cha kesimida kiritadi.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan joriy soliq davri uchun soliq stavkalari qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga har yili 10 yanvarga qadar taqdim etiladi. Yer uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlari ushbu soliq stavkalarini besh kun ichida soliq to'lovchilarga ma'lumot uchun yetkazishlari kerak.
Qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallangan yerlar uchun soliq stavkalari qishloq xo'jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug'orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi qonunchilikka muvofiq qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish belgilangan maydonlarida har yili 1 mayga qadar maqbul ekin ekilmaganligi to'g'risida ushbu Kodeks 133-moddasining to'rtinchi qismiga binoan taqdim etilgan axborotga asosan mazkur yer uchastkasining maqbul ekin ekilmagan qismi uchun joriy yilgi yer solig'i stavkasi uch baravar miqdorda oshirilgan holda hisoblanadi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkaga nisbatan 0,5 dan 1,2 gacha bo'lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo'llashga haqli.
Issiqxona xo'jaliklari egallagan yerlar uchun soliq qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarga nisbatan belgilangan stavkalarda to'lanadi. Bunda mazkur yer uchastkalarining normativ qiymati qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlanadi.
Qishloq xo'jaligi korxonalari balansida bo'lgan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash, shuningdek ipak qurti yetishtirishda foydalaniladigan binolar va inshootlar joylashgan yerlar (bundan ijara huquqi asosida foydalanilayotgan yer uchastkalarida joylashgan va imtiyozlar tatbiq etiladigan ob'yektlar mustasno) uchun soliq xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 0,2 koeffitsiyent qo'llanilgan holda to'lanadi.
Yagona ishtirokchilari nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat bo'lgan va xodimlar umumiy sonining kamida 50 foizini nogironligi bo'lgan shaxslar tashkil etadigan hamda nogironligi bo'lgan shaxslarning mehnatiga haq to'lash fondi mehnatga haq to'lash umumiy fondining kamida 50 foizini tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan egallangan yer uchastkalariga nisbatan soliq stavkalariga 0,1 koeffitsiyent qo'llaniladi.
Quyidagilar egallagan yer uchastkalari uchun soliq stavkasiga 0,48 koeffitsiyent qo'llaniladi:
elektr uzatish liniyalari, ularning podstantsiyalari va inshootlari egallagan yerlar;
umumdavlat aloqa liniyalari (havo va kabelli aloqa liniyalari, tirgakli liniyalar va radiofikatsiyalar, yer osti kabelli liniyalari, ularni bildiruvchi signalli va harakatsiz belgilar, radiorele aloqa liniyalari, kabelli telefon kanalizatsiyalari, yer ustidagi va yer ostidagi xizmat ko'rsatilmaydigan kuchaytirgich punktlari, taqsimlagich shkaflar, yerga ulash konturi qutilari hamda boshqa aloqa inshootlari) egallagan yerlar;
umumiy foydalanishdagi temir yo'llar, shu jumladan tuproq ko'tarmasi, sun'iy inshootlar, liniya-yo'l binolari, temir yo'l aloqasi hamda elektr ta'minoti qurilmalari, inshootlar va yo'l qurilmalaridan iborat temir yo'l stantsiyalari hamda saralash joylari, shuningdek belgilangan tartibda temir yo'l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanishga berilgan ihota daraxtzorlari egallagan yerlar;
magistral neft va gaz quvurlari, shu jumladan kompressor, nasos stantsiyalari, yong'inga qarshi va avariyaga qarshi stantsiyalar, quvurlarni katodli himoyalash stantsiyalari ularni tarmoqqa ulash uzellari bilan, quvurlarni tozalash qurilmalari hamda shunga o'xshash inshootlar band etgan yerlar;
samolyotlarning uchish-qo'nish maydonlari, yerda boshqarish yo'lkalari va to'xtash joylari, fuqaro aviatsiyasi aeroportlarining radionavigatsiya va elektr yoritish uskunalari egallagan yerlar;
O'zbekiston Respublikasining rivojlantirish Davlat dasturlariga kiritilgan ob'yektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar — qurilishning normativ muddati davrida;
konservatsiyaga qo'yilishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan ob'yektlar egallagan yerlar — ularning konservatsiyasi davrida.
Ushbu moddaning sakkizinchi va to'qqizinchi qismlari belgilangan tartibda yuridik shaxslarga ajratilgan yer uchastkalariga nisbatan qo'llaniladi.
Bunda ushbu modda to'qqizinchi qismining ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan ob'yektlarga nisbatan respublikaning har bir tumani va shahari bo'yicha o'rtacha belgilangan soliq stavkasiga nisbatan 0,48 koeffitsiyent qo'llaniladi. Har bir tuman va shahar bo'yicha o'rtacha soliq stavkasi qishloq xo'jaligi uchun mo'ljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organlari tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5 yanvarga qadar soliq to'lovchilar e'tiboriga yetkaziladi.
Yer uchastkasi mulkdorining, yer egasining, yerdan foydalanuvchining yoki ijarachining aybi bilan qishloq xo'jaligi yerlarining sifati yomonlashgan (bonitet bali pasaygan) taqdirda, soliq yuridik shaxslar tomonidan yerning sifati yomonlashguniga qadar mavjud bo'lgan bonitent balidan kelib chiqkan holda to'lanadi.
Qishloq xo'jaligi yerlarining sifati yaxshilangan taqdirda (bonitet bali oshganda), soliq yuridik shaxslar tomonidan tuproq bonitirovkasi o'tkazilgan yildan keyingi yilning boshidan yangi bonitet balidan kelib chiqqan holda, qishloq xo'jaligi yerlarining normativ qiymati bo'yicha, agrotexnik tadbirlar tugagan davrlarda qayta hisob-kitob qilinmasdan to'lanadi.
Qurilishi tugallanmagan ob'yektlar egallagan yer uchastkalari uchun, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq ikki baravar soliq stavkalari bo'yicha to'lanadi, shuningdek qonunchilikda belgilangan soliq imtiyozlari va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar mazkur yer uchastkalarida qurilish tugallanguniga qadar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tugallanmagan qurilish ob'yektlari jumlasiga ushbu qurilish ob'yektiga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan ob'yektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo'lsa, ushbu ob'yektlarning qurilishiga vakolatli bo'lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e'tiboran yigirma to'rt oy ichida qurilishi tugallanmagan ob'yektlar kiradi.
Yer maydonlaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko'rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining to'rt baravari miqdorida belgilanadi.
Konlar va karyerlar band etgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,1 koeffitsiyent, lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun esa — 0,05 koeffitsiyent qo'llanilgan holda to'lanadi.
Lalmi-yaylov zonada joylashgan yerlar uchun soliq tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilagan soliq stavkalariga nisbatan 0,3 koeffitsiyent qo'llanilgan holda to'lanadi, bundan ushbu moddaning o'n yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
429-modda. Soliq stavkalari
(429-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 апрелдаги ЎРҚ-1128-сонли Қонунига асосан бешинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 13.04.2026 й., 03/26/1128/0349-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 14 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.