Soliq kodeksi

421-modda. Soliq imtiyozlari

(Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-1014-сонли Қонунига асосан 421-модда биринчи қисми 4-бандининг чиқарилиш санаси 2025 йил 1 январь — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2024 й., 03/24/1014/1067-сон)

Quyidagilarning mulkida bo'lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi: 1) «O'zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo'lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolarning. Mazkur imtiyoz tegishincha «O'zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to'g'risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo'yicha bo'limning ma'lumotnomasi asosida beriladi; 2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonunchilik bilan belgilanadigan, ularga tenglashtirilgan shaxslar. Ushbu imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo'yicha bo'limning yoxud boshqa vakolatli organning ma'lumotnomasi asosida, nogironligi bo'lgan boshqa shaxslarga (qatnashchilarga) nogironligi bo'lgan shaxsning (qatnashchining) imtiyozlarga bo'lgan huquqi to'g'risidagi guvohnomasi asosida beriladi. 3) sobiq SSSRni, O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoxud harbiy xizmatning yoki ichki ishlar organlaridagi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog'ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo'lganligi oqibatida yoxud frontda bo'lish bilan bog'liq kasallik tufayli halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Ushbu imtiyoz «Halok bo'lgan askarning beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» yoki «Ichki ishlar organlari halok bo'lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)», «O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi halok bo'lgan xodimining beva xotini (beva eri, onasi, otasi)» shtampi qo'yilgan yoxud pensiya guvohnomasini bergan muassasa rahbarining imzosi va ushbu muassasa muhri bilan tasdiqlangan tegishli yozuvli pensiya guvohnomasi asosida beriladi. Agar mazkur shaxslar pensioner bo'lmasa, soliq imtiyozi ularga sobiq SSSR Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik qo'mitasi yoki Ichki ishlar vazirligining, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasining tegishli organlari va harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar tomonidan berilgan harbiy xizmatchining yoki ichki ishlar organlari va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimining halok bo'lganligi to'g'risidagi ma'lumotnoma asosida beriladi. Tegishincha sobiq SSSRni, O'zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog'ida yoxud frontda bo'lish bilan bog'liq kasallik tufayli halok bo'lgan harbiy xizmatchilarning yoki ichki ishlar organlari va O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining beva xotinlariga (beva erlariga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o'tmagan taqdirda beriladi. 5) yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular yigirma uch yoshga to'lguniga qadar amal qiladi. Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo'lgan mol-mulk oltmish kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi: 1) o'n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining. Mazkur imtiyoz fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organining bolalar borligini tasdiqlovchi ma'lumotnomasi asosida beriladi; 2) pensionerlarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi; 3) I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma'lumotnomasi asosida beriladi; Uy-joy fondining ko'chmas mulk ob'yektlarida umumiy quvvati 100 kVtgacha bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar uchun soliq summasi qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari o'rnatilgan oydan e'tiboran uch yil davomida, quyosh panellari quvvatidan 25 foizdan kam bo'lmagan quvvatga ega elektr energiyasini to'plash tizimi mavjud bo'lgan quyosh panellari o'rnatilganda esa mazkur panellar foydalanishga topshirilgan oydan e'tiboran o'n yil davomida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan oshmaydigan summaga kamaytiriladi. Ushbu imtiyoz energiya ta'minoti tashkiloti tomonidan jismoniy shaxsning qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishi to'g'risida berilgan ma'lumotnomaga asosan uy-joy fondining bitta ko'chmas mulk ob'yektiga nisbatan faqat bir marotaba taqdim etiladi va jismoniy shaxs tomonidan umumiy quvvati 1 kVtdan ortiq bo'lgan qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari o'rnatilgan taqdirda qo'llaniladi. Ushbu moddada ko'rsatib o'tilgan soliq imtiyozlariga ega bo'lgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo'lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish ob'yekti joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi. Ushbu moddada belgilangan soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko'ra faqat bitta yashash uchun mo'ljallangan ko'chmas mulk ob'yektiga tatbiq etiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilgan shaxslar mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.