Ish beruvchining xodimlar mehnatiga haq to'lashga doir xarajatlari ijtimoiy soliqning (bundan buyon ushbu bo'limda soliq deb yuritiladi) soliq solish ob'yektidir.
O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash uchun chet ellik xodimlar bilan ta'minlash yuzasidan xizmatlar ko'rsatishga doir shartnomalar bo'yicha O'zbekiston Respublikasi norezidenti bo'lgan yuridik shaxsga to'lanadigan chet ellik xodimlarning daromadlari ham soliq solish ob'yektidir.
Jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini va (yoki) yakka tartibdagi mehnat faoliyatini amalga oshirish soliq solish ob'yektidir.
Quyidagilar soliq solish ob'yekti hisoblanmaydi:
ish beruvchining xodimga mehnatda mayib bo'lganligi yoki sog'ligiga boshqacha shikast yetganligi bilan bog'liq zararning o'rnini qoplash tarzidagi, ushbu Kodeks 369-moddasi ikkinchi qismining 10-bandida ko'rsatilgan miqdorlardan ortiqcha xarajatlari;
paxta yig'im-terimi bo'yicha mavsumiy qishloq xo'jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to'lashga doir xarajatlar;
«Mahalla servis» kompaniyalarining mahallalarni obod qilish bilan bog'liq ishlarni bajarayotgan hamda mahallalar aholisiga qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar ko'rsatayotgan xodimlariga mehnat haqi to'lashga doir xarajatlari.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
403-modda. Soliq solish ob'yekti
(403-модда тўртинчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.