Soliq kodeksi

396-modda. Jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiya

Jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiya soliq to'lovchining olingan yillik daromadi to'g'risidagi yozma arizasidan iborat bo'ladi. Jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiyaga to'langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to'g'risida soliq agentining O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan shakldagi ma'lumotnomasi ilova qilinadi. Jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiyaning shakli O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Soliq organi tomonidan soliq to'lovchi taqdim etgan jami yillik daromadi to'g'risidagi deklaratsiyada to'lanishi lozim bo'lgan soliq summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlangan taqdirda, soliq organi jami yillik daromad haqidagi taqdim etilgan deklaratsiyada aniqlangan xatolar to'g'risida soliq to'lovchiga bildirish xati yuboradi. Soliq organining xabarnomasini olgan soliq to'lovchi o'n kun ichida jami yillik daromadi to'g'risidagi deklaratsiyaga zarur bo'lgan o'zgartirishlarni kiritishi shart. Agar jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiyani o'zgartirish haqidagi ariza soliqni to'lash muddati o'tguniga qadar berilsa, soliq to'lovchi ushbu Kodeksda belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi. Agar jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiyani o'zgartirish haqidagi ariza soliqni to'lash muddati o'tganidan keyin, lekin xatolar soliq organi tomonidan aniqlanguniga qadar berilsa, soliq to'lovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani to'lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi. Soliq to'lovchi soliq organining taqdim etilgan jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiyada aniqlangan xato to'g'risidagi bildirish xatini olgan kun soliq organi tomonidan xato aniqlangan kun, deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

Nimani anglatadi Jami yillik daromad to'g'risidagi deklaratsiya — bu soliq to'lovchi bir yil davomida olingan barcha pullar va ushlab qolingan soliqlar haqida soliq organiga berilgan yozma hisobot. Unda daromadning manbai, miqdori va to'langan soliq summalari ko'rsatiladi. Kimga tegishli Bu deklaratsiya barcha soliq to'lovchilar — jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy. Amalda Agar ishchi yil davomida ikkita joydan daromad olgan bo'lsa, u yil oxirida ikkala daromad haqida deklaratsiya topshiradi. Agar deklaratsiyada xato bo'lsa va soliq to'lash muddatidan oldin to'g'rilansa, javobgarlik yo'q.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.