Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq agenti tomonidan soliq to'lovchining daromadidan ortiqcha ushlangan soliq summasi soliq to'lovchining yozma arizasiga asosan qaytarilishi lozim.
Soliq agenti tomonidan bir soliq davri ichida ortiqcha ushlangan soliq summasi qaytariladi.
Soliq to'lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish daromadlaridan bunday soliq agenti tomonidan ushlab qolinadigan soliq to'lovchi bo'yicha ham, boshqa soliq to'lovchilar bo'yicha ham kelgusi to'lovlar hisobidan byudjet tizimiga o'tkazilishi lozim bo'lgan ushbu soliq summasi hisobidan, soliq agenti soliq to'lovchining tegishli arizasini olgan kundan e'tiboran uch oy ichida soliq agenti tomonidan amalga oshiriladi.
Soliq to'lovchiga ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish soliq agenti tomonidan soliq to'lovchining arizasida ko'rsatilgan bankdagi hisobvarag'iga pul mablag'larini o'tkazish yo'li bilan naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.
Soliq agenti bo'lmaganda yoxud ushbu bandning ikkinchi qismida belgilangan soliq davri tugaganda, soliq to'lovchi soliq davrining yakuniga ko'ra soliq deklaratsiyasini bir vaqtning o'zida taqdim etgan holda, ilgari soliq agenti tomonidan ortiqcha ushlangan va byudjet tizimiga o'tkazilgan soliq summasini qaytarish to'g'risida soliq organiga ariza berishga haqli.
Soliq davrida O'zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini olgan soliq to'lovchi ushbu soliq davrida norezident maqomida to'lagan soliq summasini qayta hisob-kitob qilishga va qaytarib olishga haqli. Soliq summasini soliq to'lovchiga qaytarish soliq to'lovchi ushbu Kodeksning 397-moddasida belgilangan tartibda ko'rsatilgan soliq davri yakuniga ko'ra soliq deklaratsiyasini taqdim etgan taqdirda yashash joyi (turgan joyi) bo'yicha hisobga qo'yilgan soliq organi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu deklaratsiyaga mazkur soliq davrida O'zbekiston Respublikasining rezidenti maqomini tasdiqlaydigan hujjatlar ilova qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
391-modda. Ortiqcha ushlangan soliq summasini qaytarish tartibi
(Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонунига асосан 392-модданинг ўз кучини йўқотиш санаси — 2026 йил 1 январь — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.