Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) soliq to'lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo'lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo'lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko'chmas mulk bo'yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o'rtasidagi ijobiy farq daromad deb e'tirof etiladi;
5) sanoat mulki ob'yektlariga, selektsiya yutug'iga oid patent (litsenziya) egasi bo'lgan soliq to'lovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
6) royalti;
7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk bo'yicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad;
9) ushbu Kodeksning 327 — 329-moddalarida nazarda tutilgan tartibda aniqlanadigan, qimmatli qog'ozlar va (yoki) muddatli bitimlarning hosila moliyaviy vositalari bilan operatsiyalar bo'yicha daromad;
10) ushbu Kodeksning VII bo'limida belgilangan hollarda va tartibda nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda tarzidagi daromadi;
11) ushbu Kodeksning 319-moddasiga muvofiq aniqlanadigan, oddiy shirkat shartnomasiga (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnomaga) muvofiq ishtirok etishdan olingan daromadlar;
12) ushbu moddaning 1 — 11-bandlarida ko'rsatilmagan mulkiy xususiyatga ega boshqa daromadlar.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
375-modda. Mulkiy daromadlar
(375-модданинг 8-банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1057-сонли Қонунига асосан чиқарилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.04.2025 й., 03/25/1057/0351-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.