Soliq davrida yakka tartibdagi tadbirkorlar, agar mazkur Kodeksning ushbu moddasida va 360-moddasining sakkizinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan tartibda soliq solinadigan daromadlarning va chegiriladigan xarajatlarning hisobini yuritishi shart.
Savdo faoliyatini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarida soliq solinadigan daromadlarning hamda amalga oshirilgan tovar operatsiyalarining hisobini yuritishi shart.
Quyidagilar soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlaridir:
1) chakana savdo faoliyati bilan shug'ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorning soliq solinadigan daromadlarini va tovar operatsiyalarini hisobga olish kitobi;
2) tovar cheklari kitobi.
Soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlarining shakli O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorning arizasi asosida yakka tartibdagi tadbirkor soliq hisobida turgan joydagi soliq organlari tomonidan ro'yxatdan o'tkaziladi.
Soliq solinadigan daromadlarni va tovar operatsiyalarini hisobga olish registrlari yakka tartibdagi tadbirkorda oxirgi yozuv kiritilgan paytdan e'tiboran uch yil mobaynida saqlanadi hamda ularga raqamlar qo'yilgan, ip o'tkazib bog'langan va tegishli soliq organining muhri bilan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
359-modda. Soliq solinadigan daromadlarni va chegiriladigan xarajatlarni hisobga olishning o'ziga xos xususiyatlari
(359-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 декабрдаги ЎРҚ-891-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.12.2023 й., 03/23/891/0989-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.