Soliq kodeksi

355-modda. Soliq agentlari tomonidan soliq hisob-kitobini taqdim etish va uni to'lash tartibi

Norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo'yicha soliq hisoboti soliq agenti tomonidan o'zi soliq hisobiga qo'yilgan joydagi soliq organiga daromadlar to'langan oydan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Agar ushbu Kodeksning 356-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, norezidentlarning daromadlaridan hisoblab chiqarilgan va ushlab qolingan soliq summasi soliq agenti tomonidan byudjetga quyidagi muddatlarda to'lanadi: 1) banklar tomonidan, bundan dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlar mustasno, — daromadlarni to'lash amalga oshirilgan oydan keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmay; 2) qolganlar tomonidan, — norezidentga daromadlar to'langan kunning keyingi kunidan kechiktirmay.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.