Hisobot (soliq) davrining yakunlari bo'yicha soliq summasi soliq to'lovchi tomonidan mustaqil ravishda aniqlanadi.
Hisobot davri yakunlari bo'yicha soliq summasi soliq davrining boshidan oshib boruvchi yakun bilan, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo'lgan foizlardagi ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq to'lovchi ushbu Kodeksning 342-moddasida belgilangan hollarda va tartibda foyda solig'ini yoki chet davlatda to'langan daromadlardan olinadigan xuddi shunday turdagi to'langan soliqni hisobga o'tkazish yo'li bilan soliq summasini kamaytirishga haqli.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, soliq hisoboti barcha soliq to'lovchilar tomonidan har bir hisobot va soliq davri o'tganidan keyin soliq bo'yicha hisobda turgan joyidagi soliq organiga taqdim etiladi.
Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, soliq hisoboti quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
1) hisobot davri yakunlari bo'yicha — hisobot davridan keyingi oyning yigirmanchi kunidan kechiktirmay;
2) soliq davri yakunlari bo'yicha — soliq davri o'tgandan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay.
Byudjet tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan soliq bo'yicha soliq hisoboti soliq davri yakunlariga ko'ra taqdim etiladi, bundan matlubot kooperativlari mustasno. Bunda o'tgan soliq davri yakunlari bo'yicha jami daromad mavjud bo'lmagan taqdirda soliq hisobotini taqdim etish talab qilinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn339-modda. Soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Oddiy tilda
SOLIQNI HISOBLAB CHIQARISH VA HISOBOT TAQDIM ETISH
Nimani anglatadi
Soliq to'lovchi o'zi hisoblab chiqarilgan soliq summasini mustaqil ravishda aniqlab, belgilangan vaqtda soliq organiga hisobot taqdim etadi. Hisobot davrining yakunlariga qarab soliq summasi soliq bazasiga soliq stavkasini qo'llash orqali hisoblanadi. Soliq to'lovchi qonun belgilagan hollarda oldingi davrlarda to'langan soliqlarni hisobga olib, soliq summasini kamaytirishi mumkin.
Kimga tegishli
Bu qoida barcha soliq to'lovchilar, shuningdek byudjet va nodavlat tashkilotlariga tegishli.
Amalda
Savdo do'koni egasi oylik daromadini hisoblab, soliq bazasiga 12% stavkani qo'llab soliq summasini aniqlab, keyingi oyning 20-kuniga qadar soliq organiga hisobot taqdim etadi. Agar u chet davlatda soliq to'lagan bo'lsa, shu summasini hisobdan chiqarishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.