Soliq kodeksi

314-modda. Qo'shilgan qiymat solig'iga doir xarajatlar

Agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha quyidagi chiqimlar hisobga olinadi: 1) ushbu Kodeksning 267-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisobga olinmaydigan qo'shilgan qiymat solig'i summasi; 2) ushbu Kodeks 268-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qo'shilgan qiymat solig'i summasi; 3) ushbu Kodeksning 270-moddasida ko'rsatilgan holda qo'shilgan qiymat solig'iga tuzatish kiritish summasi. Qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi hisobga olinmaydigan qo'shilgan qiymat solig'i summasini quyidagi hollarda xarajatlar jumlasiga kiritishga haqli: 1) ushbu Kodeks 268-moddasining beshinchi qismiga muvofiq mutanosib usulni qo'llashda; 2) agar soliqning tuzatish kiritish summasini bunday tuzatish amalga oshirilayotgan sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatiga kiritish mumkin bo'lmasa, qo'shilgan qiymat solig'iga ushbu Kodeksning 269 va 270-moddalariga muvofiq tuzatish kiritishda; 3) ushbu Kodeksning 271-moddasida nazarda tutilgan tartibda qo'shilgan qiymat solig'iga tuzatish kiritishda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.