Soliq to'lovchi ushbu Kodeksning 306-moddasiga muvofiq aniqlanadigan aktivning boshlang'ich qiymatidan kelib chiqqan holda amortizatsiya qilinishi lozim bo'lgan amortizatsiya qilinadigan aktivlar bo'yicha investitsiyaviy chegirmalarni ushbu moddada belgilangan tartibda va shartlarda qo'llashga haqli.
Investitsiyaviy chegirma amortizatsiya xarajati deb e'tirof etiladi.
Investitsiyaviy chegirma quyidagi miqdorda qo'llaniladi:
1) yangi texnologik uskunalar qiymatining, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash xarajatlarining va (yoki) axborot tizimlarini yaratishga doir investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta'minotini sotib olishga yo'naltiriladigan mablag'lar summalarining 20 foizi miqdorida;
2) ishlab chiqarishni yangi qurilish shaklida kengaytirishga, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruktsiya qilishga yo'naltiriladigan mablag'lar summasining 10 foizi miqdorida.
Ushbu Kodeks 317-moddasining 17-bandiga muvofiq chegirib tashlanmaydigan xarajatlar bo'yicha investitsiyaviy chegirma berilmaydi.
Investitsiyaviy chegirma yangi texnologik uskunani ishga tushirish amalga oshirilgan yoxud o'z ishlab chiqarishini modernizatsiya qilish, texnik va (yoki) texnologik jihatdan qayta jihozlash amalga oshirilgan, ishlab chiqarish yangi qurilish shaklida kengaytirilgan, ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalaniladigan binolar va inshootlarni rekonstruktsiya qilish amalga oshirilgan, laboratoriya testlarini va sinovlarini o'tkazish uchun komplekslar, axborot tizimlarini yaratish bo'yicha investitsiya loyihalari doirasida mahalliy ishlab chiqarishning dasturiy ta'minoti sotib olingan hisobot (soliq) davrida qo'llaniladi.
Ushbu modda maqsadlarida tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida soliq to'lovchi tomonidan foydalaniladigan, chiqarilgan kunidan e'tiboran ko'pi bilan uch yil o'tgan mashinalar va uskunalar (shu jumladan transport uskunalari) yangi texnologik uskunalar deb e'tirof etiladi.
Amortizatsiya qilinadigan aktiv u bo'yicha investitsiyaviy chegirma qo'llanilgan sanadan e'tiboran uch yil ichida realizatsiya qilingan, bepul berilgan va boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda, investitsiyaviy chegirmaning amal qilishi bunday aktivning chiqib ketishi ro'y bergan hisobot (soliq) davrida jamg'arilgan amortizatsiya summasidan uni chegirib tashlash orqali bekor qilinadi.
Ushbu modda yettinchi qismining qoidalari amortizatsiya qilinadigan aktivning favqulodda vaziyatlar (tabiiy ofat, yong'in, avariya va shunga o'xshash boshqa holatlar) tufayli chiqib ketishi hollariga nisbatan, shuningdek amortizatsiya qilinadigan aktivning boshlang'ich qiymati uning chiqib ketish sanasiga qadar ushbu Kodeksning 306-moddasida belgilangan normalar bo'yicha to'liq amortizatsiya qilinishi mumkin bo'lgan hollarda tatbiq etilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
308-modda. Investitsiyaviy chegirma
(308-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-741-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2021 й., 03/21/741/1219-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.