Soliq kodeksi

304-modda. Soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlar

(304-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 июндаги ЎРҚ-1071-сонли Қонунига асосан 6²-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.06.2025 й., 03/25/1071/0545-сон)

Quyidagilar daromad sifatida hisobga olinmaydi: 1) ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo'shilgan hissa tarzida olingan mablag'lar; 2) aktsiyalarni (ulushlarni) joylashtirish narxining ularning nominal qiymatidan (dastlabki miqdoridan) ortiqcha summasi; 3) ishtirokchilar tarkibidan chiqish (chiqib ketish) chog'ida ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo'shilgan hissa doirasida olingan yoki ishtirokchining ulushi miqdorini kamaytirish, shuningdek tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulkini ishtirokchilar o'rtasida taqsimlash chog'ida olingan mablag'lar; 4) oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish uchun birlashtiriladigan mablag'lar; 5) oddiy shirkat shartnomasi bo'yicha sherikning (ishtirokchining) shartnoma sheriklari (ishtirokchilari) umumiy mulkidagi ulushi qaytarilgan yoki bunday mol-mulk bo'lingan taqdirda, ushbu sherik (ishtirokchi tomonidan) qo'shilgan hissa miqdorida olingan mablag'lar; 6) realizatsiya qilinadigan tovarlar (xizmatlar) uchun oldindan to'lov (bo'nak) tarzida boshqa shaxslardan olingan mablag'lar; 6¹) boshqaruvchi tashkilotlar yoki ko'p kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga texnik xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash, shuningdek ko'p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish bo'yicha ko'rsatilgan xizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablag'lar; 6²) «Mahalla servis» kompaniyalari tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bog'liq ishlarni bajarishdan hamda mahallalar aholisiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar ko'rsatishdan olingan mablag'lar; 7) qonunchilikka muvofiq ushbu majburiyatlarning ta'minoti sifatida garov yoki zakalat tarzida olingan mablag'lar, ularga bo'lgan mulk huquqi boshqa shaxsga o'tgan paytga qadar; 8) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida, shuningdek O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq tekinga olingan mol-mulk va xizmatlar; 9) ushbu Kodeksning 48-moddasida nazarda tutilgan talablar bajarilishi sharti bilan olingan grantlar, insonparvarlik yordami va maqsadli tushumlar; 10) sug'urta shartnomalari bo'yicha sug'urta tovoni (sug'urta summasi) tarzida olingan mablag'lar; 11) vositachiga yoki boshqa ishonchli vakilga vositachilik, topshiriq shartnomasi yoki vositachilik xizmatlari ko'rsatishga doir boshqa shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarishi munosabati bilan, shuningdek vositachi yoki boshqa ishonchli vakil tomonidan komitent yoxud boshqa ishonch bildiruvchi uchun amalga oshirilgan xarajatlarning o'rnini qoplash hisobidan kelib tushgan mol-mulk (pul mukofoti bundan mustasno). Bunday xarajatlar, agar tuzilgan shartnomalar shartlarida bu xarajatlarning o'rnini qoplash nazarda tutilgan bo'lsa, vositachidan yoki ishonchli vakildan chegirib tashlanmaydi; 12) moliyaviy ijara (lizing) ob'yektining qiymati o'rnini ijaraga beruvchi (lizing beruvchi) tomonidan olingan ijara (lizing) to'lovining qismi tarzida qoplash; 13) mol-mulk ijarasiga doir shartnoma bo'yicha olingan mol-mulk, bundan moliyaviy ijara (lizing) mustasno; 14) telekommunikatsiya tarmoqlaridagi tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining tekin olingan texnik vositalari, shuningdek ulardan foydalanish va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha xizmatlar; 15) investor va davlat mulkini boshqarish bo'yicha vakolatli davlat organi o'rtasida tuzilgan shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mol-mulk; 16) kredit yoki qarz shartnomalari bo'yicha mablag'lar yoki boshqa mol-mulk (mablag' jalb qilishni rasmiylashtirish usulidan qat'i nazar, boshqa shunday mablag'lar yoki boshqa mol-mulk, shu jumladan qarz qimmatli qog'ozlar), shuningdek bunday jalb qilingan mablag'larni to'lash hisobidan mablag'lar yoki boshqa mol-mulk; 17) kontsessiya bitimi bo'yicha qonunchilikka muvofiq olingan mol-mulk; 18) davlat muassasalari tomonidan barcha darajalardagi ijro etuvchi hokimiyat organlarining qaroriga ko'ra olingan mol-mulk; 19) O'zbekiston Respublikasining davlat obligatsiyalari va davlatning boshqa qimmatli qog'ozlari bo'yicha olingan daromadlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi tomonidan va O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chiqarilgan xalqaro obligatsiyalar bo'yicha daromadlar; 20) soliq to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq hisobdan chiqarilgan penyalarning va jarimalarning summasi; 21) qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan generatsiya ob'yektlarining «yashil energiya» sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlari; 22) bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablag'larining qarzni to'lashga yo'naltirilgan qismi; 23) REPO operatsiyalari bo'yicha daromad;
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.