Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o'rnini qoplash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) joriy soliq davrida o'rni qoplangan, shu jumladan bunday talablarga bo'lgan huquqlardan o'zganing foydasiga qayta voz kechish yo'li bilan o'rni qoplangan, oldin xarajatlar jumlasiga kiritilgan, umidsiz (tavakkal qilingan) deb e'tirof etilgan talablarning summalari;
2) chiqimlarning (xarajatlarning) o'rnini qoplash uchun O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan olingan mablag'larning summalari;
3) sug'urta tashkiloti yoki zarar yetkazgan shaxs tomonidan to'langan zararni kompensatsiya qilish summalari, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasida ko'rsatilgan sug'urta to'lovlari mustasno;
4) ilgari chegirmalar jumlasiga kiritilgan chiqimlarning o'rnini qoplashdan olingan boshqa kompensatsiyalar.
Olingan kompensatsiya u qaysi hisobot (soliq) davrida olingan bo'lsa, o'sha hisobot (soliq) davrining daromadi bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
301-modda. Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o'rnini qoplash tarzidagi daromad
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.