Soliq kodeksi

3-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarni yoki ularning qismlarini ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb topish

Normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi, agar mazkur hujjatga nisbatan quyidagi shartlardan hech bo'lmaganda bittasi bajarilsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb topiladi: 1) ushbu Kodeksga muvofiq bunday hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega bo'lmagan organ tomonidan qabul qilingan bo'lsa yoxud normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishning belgilangan tartibi buzilgan holda qabul qilingan bo'lsa; 2) soliq munosabatlari sub'yektlarining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlarini bekor qilsa yoki cheklasa; 3) soliq munosabatlari sub'yektlari harakatlarining ushbu Kodeksda belgilangan asoslarini, shartlarini, ketma-ketligini yoki tartibini o'zgartirsa; 4) ushbu Kodeksda taqiqlangan harakatlarga ruxsat bersa yoki yo'l qo'ysa; 5) ushbu Kodeksning normalariga yoki qoidalarining mazmuniga boshqacha tarzda zid bo'lsa. Ushbu Kodeksga muvofiq bo'lmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari bu hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur o'zgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq bo'lmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur o'zgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, u sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjat yoki uning qismi ular qabul qilingan sanadan e'tiboran ushbu Kodeksga muvofiq emas deb topiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.