Soliq kodeksi

289¹-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari

(289¹-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi: T/rTamaki mahsulotlari turlariSoliq stavkalari1.Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek2026 yil 1 yanvardan:340 000 so'm/1 000 dona2026 yil 1 iyuldan:365 000 so'm/1 000 dona2.Sigara2026 yil 1 yanvardan:20 000 so'm/1 dona2026 yil 1 fevraldan:21 500 so'm/1 dona3.Chilim uchun tamaki*2026 yil 1 yanvardan:600 000 so'm/kg2026 yil 1 fevraldan:642 000 so'm/kg4.Chekiladigan, o'rama tamaki2026 yil 1 yanvardan:600 000 so'm/kg2026 yil 1 fevraldan:642 000 so'm/kg5.Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki382 000 so'm/kg6.Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki mavjud bo'lgan o'xshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar2026 yil 1 yanvardan:450 000 so'm/kg2026 yil 1 fevraldan:481 500 so'm/kg7.Nikotinli tamakisiz snyus154 000 so'm/kg8.Tarkibida nikotin mavjud bo'lgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**2026 yil 1 yanvardan:2 000 so'm/ml2026 yil 1 fevraldan:2 140 so'm/ml Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aktsiz solig'ining qat'iy belgilangan stavkasi naturada ifodalangan aktsiz to'lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo'llaniladi. Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xom ashyosi massasiga nisbatan tamaki xom ashyosi massasi to'g'risidagi axborotni iste'mol qadog'ida (idishida) ko'rsatish sharti bilan qo'llaniladi. Agar chilim uchun tamaki bo'yicha tamaki xom ashyosi massasi netto og'irligining 20 foizidan kamni tashkil etsa, u holda aktsiz solig'i netto (birlamchi qadoqni hisobga olgan holda) og'irligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Iste'mol qadog'ida (idishida) tamaki xom ashyosining og'irligi to'g'risidagi axborot mavjud bo'lmagan taqdirda, soliq stavkasi netto (birlamchi qadoqni hisobga olgan holda) og'irligiga nisbatan qo'llaniladi. Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto og'irligiga nisbatan qo'llaniladi, bunda iste'mol qadog'ining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) og'irligi hisobga olinmaydi. Iste'mol qadog'ida (idishida) tovarning og'irligi to'g'risida ma'lumot mavjud bo'lmagan taqdirda, soliq stavkasi iste'mol qadog'ini (idishini) hisobga olgan holda netto og'irligiga nisbatan qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.