Aktsiz to'lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iboratdir:
1) eksport qilinadigan aktsiz to'lanadigan tovarlarni yetkazib berishga doir kontrakt (kontraktning belgilangan tartibda tasdiqlangan ko'chirma nusxasi);
2) tovarlarni eksport rejimida chiqarishni amalga oshiruvchi bojxona organining belgisi qo'yilgan bojxona yuk deklaratsiyasi;
3) O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidagi o'tkazish punktida joylashgan bojxona organining tovarlar tayinlangan mamlakatga jo'natilganligini tasdiqlovchi belgisi qo'yilgan, tovarga ilova qilinadigan hujjatlar;
4) chet ellik sotib oluvchi (to'lovchi) tomonidan eksport qilinayotgan tovarlar uchun haq to'langanligini tasdiqlovchi bank hujjatidan ko'chirma.
Tovarlarni chet el valyutasida eksport qilish yuzasidan daromadlar tovarlar eksport rejimiga chiqarilgan kundan e'tiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida kelib tushmagan taqdirda, tovarlarni eksportga realizatsiya qilish soliq solishning ob'yekti deb e'tirof etiladi.
Tovarlar eksportga vositachi (ishonchli vakil) orqali vositachilik (topshiriq) shartnomasi bo'yicha realizatsiya qilingan taqdirda eksportni tasdiqlash uchun komitent (topshiriq beruvchi) tomonidan soliq to'lovchining vositachi yoki ishonchli vakil bilan tuzilgan vositachilik shartnomasi yoki topshiriq shartnomasi (shartnomaning ko'chirma nusxasi) qo'shimcha ravishda taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
288-modda. Aktsiz to'lanadigan tovarlar eksportini tasdiqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.