Aktsiz solig'i (bundan buyon ushbu bo'limda soliq deb yuritiladi) solinadigan ob'yektlar quyidagilardan iborat:
1) aktsiz to'lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aktsiz to'lanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga (xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish:
tovarga bo'lgan mulk huquqini berish;
garov bilan ta'minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo'yilgan aktsiz to'lanadigan tovarlarni garovga qo'yuvchi tomonidan berish;
aktsiz to'lanadigan tovarlarni bepul berish;
aktsiz to'lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to'lash yoki dividendlar to'lash hisobidan berish;
2) aktsiz to'lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi shartnoma) bo'yicha sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish;
3) aktsiz to'lanadigan tovarlarni:
a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan (chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs bo'lgan emitent tomonidan aktsiyadordan ushbu emitent chiqargan aktsiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aktsiyadorga berish;
v) yuridik shaxsni tugatishda aktsiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
4) aktsiz to'lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo'lgan, shuningdek aktsiz to'lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo'lgan, aktsiz to'lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
5) aktsiz to'lanadigan tovarlardan o'z ehtiyojlari uchun foydalanish;
6) aktsiz to'lanadigan tovarlarni O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
7) benzinni, dizel yoqilg'isini va gazni yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o'z ehtiyojlari uchun foydalanish;
9) O'zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aktsiz to'lanadigan tovarlarning buzilishi, yo'qotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sug'urta orqali to'langan yoki uning o'rni qoplangan taqdirda, aktsiz solig'i sug'urta orqali to'lash (o'rnini qoplash) ulushida to'lanadi.
Quyidagilar soliq solish ob'yekti hisoblanmaydi:
1) aktsiz to'lanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish;
2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli bo'lgan aktsiz to'lanadigan tovarlarni keyinchalik O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish;
3) ixtisoslashtirilgan gaz ta'minoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
4) O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aktsiz to'lanadigan tovarlarni:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirish;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko'mak ko'rsatish maqsadida olib kirish;
agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan bo'lsa, xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish;
5) aktsiz to'lanadigan tovarlarni O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish. O'zbekiston Respublikasi hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonunchilikda belgilanadi;
6) maxsus vakolatli davlat organining yozma ravishdagi tasdig'i mavjud bo'lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlarining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo'yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
6¹) maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
7) ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yo'nalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlariga.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
284-modda. Soliq solish ob'yekti
(Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 24 декабрдаги ЎРҚ-1014-сонли Қонунига асосан 284-модда биринчи қисми 8-бандининг чиқарилиш санаси 2025 йил 1 январь — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.12.2024 й., 03/24/1014/1067-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.