Soliq kodeksi

28-modda. Bojxona organlarining, yig'imlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlarining hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari

(28-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Bojxona organlari tovarlarni va avtotransport vositalarini O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o'tish chog'ida bojxona to'g'risidagi qonunchilikka, ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va yig'imlarni undirish bo'yicha huquqlardan foydalanadi hamda vazifalarni bajaradi. Yig'imlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning huquqlari hamda majburiyatlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.