Soliq kodeksi

274-modda. Soliqning o'rnini qoplash

(274-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонунига асосан 8 ва 9-бандлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Ushbu Kodeksning 272-moddasiga muvofiq o'rni qoplanishi lozim bo'lgan soliq summasi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, soliq bo'yicha kelgusi to'lovlar hisobidan hisobga olinadi. Soliq to'lovchi o'rni qoplanishi lozim bo'lgan soliq summasini qaytarishga doir soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini bu haqda xabardor qilgan holda, soliqning salbiy summasi o'rnini qoplash (qaytarish) uchun murojaat qilish huquqiga ham ega bo'ladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko'ra, soliq organi soliq summasining o'rnini to'liq yoki qisman qoplash to'g'risida qaror qabul qilsa, mazkur soliq summasi soliq to'lovchiga soliq hisobotini taqdim etishda soliq summasini qaytarish haqida soliq organlari xabardor qilingan sanadan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay qaytariladi. Soliqning jami summasi o'rnini tezlashtirilgan tarzda qoplash tartibi soliq hisobotini taqdim etishda soliq organlarini xabardor qilgan taqdirda, quyidagi toifadagi soliq to'lovchilarga nisbatan qo'llaniladi: 1) O'zbekiston Respublikasining yirik soliq to'lovchilar toifasiga belgilangan tartibda kiritilgan yuridik shaxslariga; 2) soliq hisoboti bilan birga amaldagi bank kafolatini taqdim etgan yoki soliq organlari bilan garov shartnomasini ushbu Kodeksning 107 yoki 109-moddalarida belgilangan tartibda rasmiylashtirgan soliq to'lovchilarga; 3) eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshiradigan shaxslarga — agar ilgari bu shaxslarga soliq summasi qoplangan va bunda qonunbuzarliklar aniqlanmagan bo'lsa, nol darajali soliq stavkasi qo'llanilishi natijasida hosil bo'lgan soliqning oshib ketgan summalari qismida; 4) chet el diplomatik vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalariga; 5) mahsulot taqsimotiga oid bitim ishtirokchilariga, agar bunday bitimda nol darajali stavka qo'llanilishi nazarda tutilgan bo'lsa; 6) soliq monitoringi ishtirokchilariga; 7) Tadbirkorlik sub'yektlari yuqori barqarorlik reytingining «AAA» toifasidagi tadbirkorlik sub'yektlariga (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno); 8) qishloq xo'jaligi tovarlarini ishlab chiqaruvchilarga (bundan paxta va g'alla mustasno); 9) o'z faoliyatini kichik tadbirkorlik sub'yektidan o'rta yoki yirik toifaga, o'rta tadbirkorlik sub'yektidan yirik toifaga yiriklashtirgan tadbirkorlik sub'yektlariga — tegishli toifaga o'tgan sanadan e'tiboran bir yil davomida. Bunda mazkur tartib tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyati davomida bir marotaba qo'llaniladi. Ushbu band qoidalari tegishli toifaga o'tganidan keyin qayta tashkil etilgan sub'yektning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) nisbatan tatbiq etilmaydi. Soliqning o'rnini tezlashtirilgan tartibda qoplashda soliq to'lovchi tomonidan qaytarish uchun soliq hisobotida ko'rsatilgan soliq summasining o'rni unga yetti kun ichida, ushbu modda to'rtinchi qismining 7-bandida ko'rsatilgan soliq to'lovchilarga bir kun ichida to'liq hajmda, ushbu modda to'rtinchi qismining 8-bandida ko'rsatilgan soliq to'lovchilarga esa avtomatik tarzda uch kun ichida qoplanadi. Bunda o'rni qoplanishi uchun soliq hisobotida ko'rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi umumiy tartibda amalga oshiriladi. Agar kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko'ra soliq hisobotida o'rni qoplanishi uchun ko'rsatilgan soliq summasi yoki uning bir qismi asossiz bo'lib chiqsa, soliq to'lovchi soliqning o'rni o'ziga asossiz ravishda qoplangan summasini qoplash sanasidan to uni byudjetga to'lash sanasigacha penya hisoblangan holda byudjetga to'lashi shart. Ushbu modda to'rtinchi qismining 7-bandida ko'rsatilgan soliq to'lovchilarga o'rni qoplanishi uchun soliq hisobotida ko'rsatilgan soliq summasining asoslantirilganligi kameral soliq tekshiruvidan o'tkazilmaydi. Soliq summalarining o'rnini qoplash tartibi va shartlari, ushbu moddaga muvofiq kameral soliq tekshiruvini o'tkazish tartibi, shuningdek chet davlatlar fuqarolariga soliq summalarini qaytarish (TAX FREE) tartibi va shartlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.