Soliq organlari:
soliq to'g'risidagi qonunchilikka rioya etishi;
soliq to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yig'imlarning to'g'ri hisoblab chiqarilishi, to'liq hamda o'z vaqtida to'lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;
soliq to'lovchilar, soliq solish ob'yektlari va soliq solish bilan bog'liq ob'yektlar, hisoblangan va to'langan soliqlar to'liq va o'z vaqtida hisobga olinishini ta'minlashi;
soliq tekshiruvlarini o'tkazishda soliq to'lovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlari to'g'risida ma'lumot berishi, shuningdek o'tkazilgan tekshirishlar natijalari to'g'risida xabardor qilishi;
soliq to'g'risidagi qonunchilik hujjatlarini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasining rasmiy veb-saytida o'z vaqtida e'lon qilishi;
soliq to'lovchilarga soliq to'g'risidagi qonunchilikni ijro etishida yordam berishi, soliq to'g'risidagi qonunchilik normalarini va soliq imtiyozlarini qo'llash tartibini tushuntirishi;
soliq to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini tahlil qilishi va baholashi, soliqqa oid huquqbuzarliklarga olib keladigan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish to'g'risidagi takliflarni tegishli davlat organlariga kiritishi;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga doir uzoq muddatli va joriy dasturlarni ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
soliq to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi to'g'risidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni o'rganishi;
davlat daromadiga o'tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan pul mablag'larining to'liq va o'z vaqtida tushishini nazorat qilishi;
masalani hal etish soliq organlari vakolatlari doirasiga kirmaydigan hollarda soliq to'g'risidagi qonunchilikning buzilishi faktlari bo'yicha materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirishi;
o'z vakolatlari doirasida valyuta va eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etilishi ustidan nazorat qilishi;
soliq siriga rioya etishi va uning saqlanishini ta'minlashi;
soliq to'lovchining talabiga binoan soliqlarni to'lash bo'yicha soliq majburiyatining bajarilishi yuzasidan solishtirma dalolatnoma tuzishi;
ushbu Kodeksga muvofiq soliq qarzi summasini so'zsiz undirishi;
yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan O'zbekiston Respublikasi norezidentlarini hisobga olishi, ularga soliq to'lovchilarning identifikatsiya raqamini berishi hamda bu haqda statistika va ro'yxatdan o'tkazuvchi organlarga rasmiy ravishda ma'lum qilishi;
soliq to'lovchining talabiga binoan uning soliq organlarida hisobga qo'yilganligini tasdiqlovchi ma'lumotnomani berishi;
soliq to'g'risidagi qonunchilikni qo'llash masalalari yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining yozma tushuntirishlariga amal qilishi shart.
Soliq organlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
27-modda. Soliq organlarining majburiyatlari
(27-модда биринчи қисмининг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.