Ushbu Kodeksning 247 — 257-moddalariga muvofiq soliq bazasini aniqlashda soliq summasi soliq bazasining soliq stavkasiga muvofiq bo'lgan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Soliq summasi tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan, tegishli soliq davriga taalluqli bo'lgan aylanmalarni amalga oshirish sanasidan kelib chiqqan holda, tegishli soliq davrida soliq bazasini ko'paytiradigan yoki kamaytiradigan barcha o'zgartishlar hisobga olingan holda har bir soliq davrining yakunlariga ko'ra hisoblab chiqariladi.
Tovarlarni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliqning umumiy summasi ushbu Kodeksning 254-moddasiga muvofiq hisoblab chiqarilgan soliq bazasining soliq stavkasiga mos keladigan foizli ulushi sifatida hisoblab chiqariladi.
Agar ushbu Kodeksning 254-moddasi to'rtinchi qismida belgilangan talablarga muvofiq soliq bazasi O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan tovarlarning har bir guruhi bo'yicha alohida aniqlansa, soliq summasi mazkur soliq bazalarining har biri bo'yicha alohida hisoblab chiqariladi. Bunda soliqning umumiy summasi bunday soliq bazalarining har biri bo'yicha alohida hisoblab chiqarilgan soliq summalarini qo'shish orqali hisoblab chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
265-modda. Soliqni hisoblab chiqarish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.