Tovarlarni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasi quyidagilarni qo'shgan holda hisoblab chiqarilgan ushbu tovarlarning qiymati sifatida aniqlanadi:
1) tovarlarning bojxona to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadigan bojxona qiymatini;
2) tovarlar O'zbekiston Respublikasiga olib kirilayotganda to'lanishi lozim bo'lgan aktsiz solig'i va bojxona bojini.
O'zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari ushbu hududga olib kirilayotganda soliq bazasi bunday qayta ishlashning qiymati sifatida aniqlanadi.
Soliq bazasi O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan bir nomdagi, turdagi va markadagi tovarlarning har bir guruhi bo'yicha alohida aniqlanadi.
Agar O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bir turkumi tarkibida bir vaqtning o'zida ham aktsiz to'lanadigan, ham aktsiz to'lanmaydigan tovarlar mavjud bo'lsa, soliq bazasi mazkur tovarlarning har bir guruhiga nisbatan alohida aniqlanadi.
Agar O'zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar turkumi tarkibida bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga muvofiq O'zbekiston Respublikasi hududidan ilgari olib chiqilgan tovarlarning qayta ishlash mahsulotlari mavjud bo'lsa, soliq bazasi xuddi shunday tartibda aniqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
254-modda. Tovarlarni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda soliq bazasini aniqlash tartibi
(254-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.