Quyidagilarni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish soliq solishdan ozod etiladi:
1) jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to'g'risidagi qonunchilikda tasdiqlangan normalari doirasida olib kirilayotgan tovarlar;
2) O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirilayotgan tovarlar;
3) davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollarda — boshqa tashkilotlar va shaxslar yo'nalishlari bo'yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik yordam ko'rsatish (grantlar) uchun olib kiriladigan tovarlar;
4) chet el diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalar rasmiy foydalanishi uchun, shuningdek ushbu vakolatxonalarning diplomatik va ma'muriy-texnik xodimlari, shu jumladan ularning o'zlari bilan birga yashayotgan oila a'zolari shaxsiy foydalanishi uchun mo'ljallangan tovarlar;
5) qonunchilikka muvofiq alohida qimmatga ega madaniy meros ob'yektlari jamoasiga kiritilgan, davlat madaniyat muassasalari tomonidan olingan yoki ular tomonidan sovg'aga olingan madaniy qimmatliklar. Ushbu soliq solishdan ozod etish O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining tegishli tasdiqnomasi mavjud bo'lgan taqdirda qo'llaniladi;
6) o'xshashi O'zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan texnologik asbob-uskunalar;
7) xalqaro kitob almashinuvi bo'yicha davlat kutubxonalari va muzeylari tomonidan olinadigan bosma nashrlarning barcha turlari, shuningdek xalqaro notijorat almashinuvini amalga oshirish maqsadida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari tomonidan olib kiriladigan kinematografiya asarlari;
8) milliy valyuta va chet el valyutasi, qonuniy to'lov vositalari bo'lgan banknotlar (bundan kollektsiyalash uchun mo'ljallanganlari mustasno), shuningdek qimmatli qog'ozlar;
9) xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kiriladigan tovarlar, agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan bo'lsa;
10) maxsus vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig'i mavjud bo'lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari va tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo'yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari;
10¹) maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
246-modda. Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish
(246-модданинг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 23 июлдаги ЎРҚ-1160-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.07.2026 й., 03/26/1160/0786-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.