Soliq kodeksi

227-modda. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining foyda ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliqni to'lamaslik yoki to'liq to'lamaslik

Nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining yuridik yoki jismoniy shaxs bo'lgan nazorat qiluvchi shaxslari tomonidan mazkur kompaniya foydasining ulushi soliq bazasiga kiritilmaganligi natijasida soliq summalarini to'lamaganlik yoki to'liq to'lamaganlik, — nazorat qilinadigan chet el kompaniyasining soliq bazasiga kiritilishi lozim bo'lgan foydasiga nisbatan tegishincha foyda solig'i bo'yicha yoki jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha to'lanmagan soliq summasining yigirma foizi miqdorida, lekin o'n million so'mdan kam bo'lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.