Soliq kodeksi

200-modda. Narxni belgilash to'g'risidagi bitimning bajarilishini tekshirish

Narxni belgilash to'g'risidagi bitimning soliq to'lovchi tomonidan bajarilishini tekshirish ushbu Kodeksning 24-bobida nazarda tutilgan tartibga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Agar soliq to'lovchi o'zi tuzgan narxni belgilash to'g'risidagi bitimning barcha shartlariga rioya qilgan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi mazkur bitimda narxlari (narxlarni aniqlash usullari) kelishilgan nazorat qilinadigan bitimlarga nisbatan soliqlarning, penyalarning yoki jarimalarning qo'shimcha hisoblanishini yoxud zarar summalarini kamaytirishni nazarda tutadigan qarorni qabul qilishga haqli emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.