Ushbu Kodeks maqsadida taqqoslanadigan bitimlar, agar ular tahlil etiladigan bitimlar bilan bir xil tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlarda tuziladigan bo'lsa, tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitim deb e'tirof etiladi.
Agar taqqoslanadigan bitimlarning tijorat va (yoki) moliyaviy shartlari tahlil etiladigan bitimning shartlaridan farq qilsa, bunday bitimlar, agar tahlil etiladigan va taqqoslanadigan bitimlarning mazkur shartlari o'rtasidagi farqlar ularning natijalariga jiddiy ta'sir ko'rsatmasa, tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitimlar deb e'tirof etilishi mumkin. Agar ushbu bitimlarning shartlaridagi farqlarning bu bitimlar shartlariga va (yoki) natijalariga doir tegishli tuzatishlarni soliq solish maqsadida qo'llash yordamida hisobga olinishi mumkin bo'lsa, bunday bitimlar ham tahlil etiladigan bitim bilan taqqoslanadigan bitimlar deb e'tirof etilishi mumkin.
Bitimlarning taqqoslanishini aniqlashda, shuningdek bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlarini tuzatishlarni amalga oshirish uchun tahlil etiladigan hamda taqqoslanadigan bitimlarning mustaqil shaxslar o'rtasidagi bitimlarning tijoratga oid va (yoki) moliyaviy shartlariga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan asosiy tavsiflarining tahlili o'tkaziladi. Bunday tahlil ushbu Kodeksning 184-moddasiga muvofiq o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
183-modda. Bitimlarning tijorat va moliyaviy shartlarini taqqoslash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.